
“Real” futbolchisi jamoadan ketishga yaqin turibdi
"Real" Madridning yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo La Liganing boshqa klubi "Real Sosedad"ga o‘tadi.
“El Chiringuito” nashrining xabar berishicha, shartnomada "qirollik klubi" 21 yoshli osiyolik futbolchining keyingi transferi summasining 50 foizini olishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, keyingi besh yil ichida Madrid grandi Takefusani qaytarib sotib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kubo so‘nggi mavsumlarni Ispaniya chempionatining boshqa jamoalarida ijara asosida o‘tkazdi. U "Malorka", "Xetafe" va "Vilyarreal" klublari sharafini himoya qilgan.
Yapon futbolchisi yakuniga etgan mavsum “Malorka”ning La Liga doirasidagi 28 ta o‘yinida maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
“Transfermarkt” Takefusaning narxini 7.5 million evroga baholagan.
Fikrlar