"Real" futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tadi

  • 20 iyun, 2019, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor faoliyatini "Bayer"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda AD.nl nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli norvegiyalik futbolchi “dorishunoslar” bilan shaxsiy shartnoma bandlarini muhokama qilish uchun otasi bilan Germaniyaga etib kelgan. Hozircha transferning moliyaviy tomonlar oshkor etilmayapti.

Ma’lumot uchun, Edegor “Real”ga 2015 yilda ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida asosan turli jamoalarda ijarada to‘p surdi, “qirollik klubi”da esa bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi.

U o‘tgan mavsumni Gollandiyaning “Vitess” klubida ijarada o‘tkazib, 39ta o‘yinda 11ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!