
«Real» futbolchilari Messi haqida qanday fikrda? Ular Leoni klubda qolishini istaydimi?!
Madrid superklubi futbolchilariga Lionel Messi borasida savol berish odat tusiga kirgan. Ular bildirgan fikrlar turlicha. Hozirda, argentinalik futbol yulduzining klubni tark etishi haqidagi mish-mishlar OAVda ko‘p aytilmoqda. Balki, bu Leo uchun so‘nggi «el-klasiko» bo‘lar?! Xo‘sh, Messi klubda qolishi «Real» a’zolari uchun qay darajada muhim? Bugun shu mavzu asosida fikr bildirgan «Qirollik klubi» futbolchilarining so‘zlariga e’tibor qaratamiz.
Zayniddin Zidan:
"Men Leo «Barselona»ni tark etishini istamayman. U Kataloniyada qolishi kerak. O‘ylashimcha, uning o‘ziga ham Ispaniyada qolish muhim. Boz ustiga, «La Liga» uchun ham Messi kerak. U gol kiritsa ham, kiritmasa ham, Messi bo‘lib qolaveradi! U buyuk futbolchi".
Serxio Ramos:
"U «Barsa» safida debyut qilgan yildan boshlab, bizni bir necha bor ranjitgan. Agar u Kataloniya klubida to‘p surmaganida, biz ko‘proq sovrinlarni yutgan bo‘lar edik. O‘z vaqtida, bizni xalqaro arenada ham imkonsiz vaziyatga tushib qolishimizga ular sababchi. Joze Mourino singari super murabbiy bilan ham ularni engishga qiynalganmiz. Ular bilan to‘qnashuvlarni yodga olar ekanman, birorta 90 daqiqa oddiy o‘tmaganini his qildim".
Toni Kroos:
“Agar azaliy raqiblarimiz safida u to‘p surmasa, bu biz uchun yaxshi yangilik. Sababi, Messisiz «Barselona» asosiy qurolidan ayriladi. O‘ylashimcha, Leo ketgach, «Barselona»da qiyin kunlar boshlanadi. Messisiz Kataloniya klubi juda ko‘p narsalarni o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Messi «Real»ga o‘tsa nima bo‘ladi? Bunaqasi hech qachon amalga oshmaydi. Buning uchun futbolchida otning yuragi bo‘lishi kerak!".
Krishtianu Ronaldu:
"Messi bilan raqobatlashish meni buyuk futbolchi bo‘lishimda qo‘l keldi. U «Barsa»da bo‘lgani uchun ham, «Real» futbolchilari ko‘proq mehnat qilishga majbur. Qay birimiz kuchliroqmiz? Men o‘zimni kuchliroq, deb hisoblayman. Balki, aslida Leo kuchliroqdir, biroq bu mening shaxsiy fikrim".
Visente Del Boske:
"Har doim Messi darajasida to‘p surish juda mushkul. U abadiy maksimum darajada futbol namoyish etishga qodir emas. U va Ronaldu singari buyuk futbolchilarning faoliyatida ham pasayish kuzatilishi mumkin. Shunga qaramay, Leo «Barsa» tarixidagi eng kuchli futbolchi. U buni bir necha bor isbotlagan".
Marselo:
"Lionel Messi menga qarshi to‘p surgan eng kuchli futbolchi. Undan boshqasini aytish ikkiyuzlamachilik bo‘ladi. Ronaldu? Men hech qachon unga qarshi to‘p surmaganman. Shu bois, bu savolga javob berishim mushkul".
Luka Modrich:
"Messining ketishi Ispaniya chempionati uchun ulkan yo‘qotishga aylanadi. Bu xuddi Ronalduning «Real»dan ketgani bilan bir xil. Krish ketgach, biz ham bir necha yillar davomida o‘zimizga kela olmadik. Leo ketsa, Ispaniya chempionatining saviyasi tushib ketadi".
Tibo Kurtua:
"Men uchun Messi qolganlar singari oddiy futbolchi. Uni tushlarimda ko‘rib chiqmayman. Uning o‘yinlarini «Selta» yoki «Levante» futbolchilariniki singari o‘rganaman. Undan ko‘p emas. To‘g‘risi, Messini o‘rganishning imkoni yo‘q. U miyadagi rejasini albatta maydonga tatbiq etadi. U Krishtianu Ronaldu darajasidagi ijrochi! Unga qarshi to‘p surish doimo zavqli. Kelajakda nabiralarimga Ronaldu va Messiga qarshi to‘p surganim haqida aytib beraman".
Rafael Varan:
"Leo – fantastik iqtidor egasi. Uni bir kishi to‘xtatib qolishga qodir emas. Bunday yuqori saviyadagi futbolchiga qarshi jamoaviy himoya zarur. Biz birgalikda bosh zonalar qoldirmasak, Messiga muammo tug‘dirishimiz mumkin. Bu aytishga oson, biroq uni amalga oshirish ulkan mehnat talab etadi".
Karim Benzema:
Messi «Barselona» uchun hamma ishni amalga oshiradi. Hujum uyushtiradi, standartlarni ijro etadi… Biz esa, unga qarshi juda ham ehtiyot bo‘lishimiz shart. Uning har bir harakatini kuzatib borish lozim. Aks xolda, o‘yin siz kutmagan tomonga burilib ketishi aniq".
Fikrlar