
“Real” darvozasini ilma-teshik qilib tashlagan hujumchini arzonga olish mumkin
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Jirona” futbolchilari “Real”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Madridlik darvozasiga to‘rtala golni 24 yoshli hujumchi Valentin Kastelyanos urdi. Shundan so‘ng bu futbolchi skautlar e’tiboriga tushdi.
Kastelyanos Ispaniya chempionatida ijara asosida to‘pa tepyapti. Hujumchining transfer huquqi AQShning “Nyu-York Siti” jamoasiga tegishli. ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, amerikaliklar Kastelyanosni 15 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Evropada debyut mavsumini o‘tkazayotgan Kastelyanos 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar