
“Real” birdaniga besh yulduzni nishonga oldi
Joriy mavsum “Real” himoya chizig‘ida jiddiy muammolarga duch keldi. Chempionat boshlanganidan beri jamoaning deyarli barcha himoyachisi davolanib chiqishiga to‘g‘ri keldi. Ayrim himoyachilari hali safga qaytmaydi.
Shu bois, madridliklar yozda jamoaga iste’dodli yosh himoyachilarni taklif qiladi. Hozirning o‘zida markaziy himoyaga beshta nomzod tanlandi.
Markaziy himoyachi tanlashda “Real” skautlari futbolchilarning jamoa o‘yin uslubiga mos tushishi va jismoniy ko‘rsatkichlarini asos qilib olmoqda.
Klubga taklif qilinadigan markaziy himoyachilar ro‘yxatiga Vilyam Saliba (“Arsenal”), Mikki Van de Ven (“Tottenxem”), Kastello Lukeba (“RB Leyptsig”), Jarrad Brantueyt (“Everton”) hamda Antonio Silva (“Benfika”) kirtildi.
Bu o‘yinchilarning har biriga Evropa futbolining turli klublaridan jiddiy qiziqish va chorlovlar bor. Ularning jahon futbolidagi mavqei, yoshi va jismoniy imkoniyatlarini inobatga olib, “Real” anchagina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar