
“Real” Beylning narxini ma’lum qildi
“Real” tarkibidagi joyini yo‘qotgan Garet Beyl mavsum oldidan ijara asosida “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Uelslik hujumchining o‘yini Joze Mourinoga ma’qul qildi va u portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan Beylni to‘liq sotib olishni so‘ramoqda.
“Qirollik klubi” o‘ziga ancha bosh og‘riq bo‘lgan 31 yoshli futbolchidan butunlay voz kechishga tayyor. Shuning uchun ham madridliklar uni 15 million evro evaziga transfer qilishga rozi bo‘ldi.
Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar