
"Real" "Barselona"dan o‘rnak olmoqchi
Madridning "Real" klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida yozda Kilian Mbappe hamda Erling Xoland bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
"Qirollik klubi"ning rejasiga ko‘ra, bu ikki futbolchi bilan shartnoma imzolangach, tarkibga akademiyada to‘p tepayotgan, shuningdek, ijaraga berib yuborilgan yosh o‘yinchilar jalb qilinadi. Bu haqda "As" nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Alvaro Odriosola, Reyner, Borxa Mayoral va Takefusa Kubo jamoaga yozda ijaradan qaytib keladi.
Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" safini tark etayotgan futbolchilar o‘rniga murabbiylar qaroriga ko‘ra, asosiy jamoada o‘ynashga tayyor bo‘lgan yosh iqtidor egalari jalb etiladi.
Qayd etish lozim, yaqinda bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"da tarkib taraflama ancha yosh hamda akademiyadan chiqqan futbolchilarga tayanib o‘ynagan "Barselona" "Real"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar