
"Real" APL klubidan qaytarib olgan futbolchisini "Granada"ga ijaraga berdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Xesus Valexo mavsumni “Granada”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha “Granada” safida ijara asosida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” dastlab mavsum boshida Valexoni “Vulverxempton”ga ijaraga bergan edi. Biroq, APL klubida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab “Real” uni muddatidan avval ortga qaytarib olgan edi.
Ma’lumot uchun, “Granada” ayni damda La Ligada 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar