"Real" 17 yoshli braziliyalik futbolchini "nishonga oldi". Unga "Barselona" ham xaridor

  • 27 dekabr, 2019, 20:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi ularga Rodrigo Goesa va Vinisius Junior kabi hujumchilarni taqdim etgan Braziliya transfer bozorida faol izlanishlar olib bormoqda.

Tecno

Fox Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi”ning e’tibori bu safar "Flamengo" yarim himoyachisi Reynerga tushdi. Aytish kerakki, 17 yoshli braziliyalik futbolchining tovon puli 35 mln evroni tashkil etadi.

E’tiborlisi, Reynerga shuningdek “Barselona”dan ham jiddiy qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Reyner yosh bo‘lishiga qaramay “Flamengo” safida 15 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!