Rays: "Biz tugadi demasdan, hech narsa tugamaydi!"

  • 15 aprel, 2024, 17:13
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays jamoasining "Aston Villa"ga mag‘lub bo‘lgan o‘yinidan so‘ng chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Biz tugadi demasdan, hech narsa tugamaydi. Hozir ishonib bo‘lmas vaziyatdamiz, nima qilmoqchi ekanimizni va nima istayotganimizni yaxshi anglab turibmiz!

APLda ko‘plab ajib voqealar sodir bo‘ladi, umuman, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz oxirigicha kurashamiz", - dedi angliyalik futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" hozirda 71 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. 3-pog‘onadagi "Liverpul"da ham shuncha ochko bor, peshqadam "Manchester Siti" esa 73 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!