Ravshan Haydarov: Oliy maqsad - jahon chempionatiga chiqish va chempion bo‘lish!

  • 28 fevral, 2023, 12:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga yurtimiz 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun musobaqa oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.

Tecno

- Hammaga xayrli kun. Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar, tashkilotchilar, jamoalar xush kelibsizlar. Uzoq kutilgan musobaqa. Hamma bunga tayyorgarlik ko‘rdi. Turnir tashkilotchilik va sport tamoyillari tomonidan yuqori saviyada o‘tishiga umid qilib qolamiz.

Musobaqa katta ishtiyoq bilan o‘tishiga ishonaman.

Biz mezbon sifatida oliy maqsad - jahon chempionatiga chiqish, chempion bo‘lishni vazifa qilib qo‘yganmiz. Futbolchilar kurashlarga tayyor. Rejadagi hamma ishlarni amalga oshirdik. Shogirdlarim katta ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Chunki pandemiya sabab ular oldingi musobaqalarni o‘tkazib yubordi.

Raqiblarni iloji boricha o‘rgandik. Ularning o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlari orqali o‘rgandik. Bizda etarlikcha ma’lumotlar bor.

Futbolchilarning tajribasi kamligi? Bunday muammo hamma jamoada bor. Chunki pandemiya tufayli musobaqalarni o‘tkazib yubordi. Lekin o‘rtoqlik o‘yinlari orqali tajriba shakllantirdik.

Jamoa a’zolarining hammasi tayyor. Futbolchilarda kichik jarohatlar bo‘lib turadi. Lekin hozir hammasi joyida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!