Ravshan Haydarov: "Bu musobaqa har bir jamoa uchun foydali bo‘ladi"

  • 19 mart, 12:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Xitoyga xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashish uchun jo‘nab ketgandi.

Tecno

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turniri oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

“Avvalo, bunday kuchli turnirga bizni taklif etgani uchun Xitoy futbol assotsiatsiyasiga minnatdorlik bildiraman. Eski raqiblarimiz — Koreya Respublikasi, Vetnam va Xitoy jamoalarini ham turnirdagi ishtirok bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, barcha jamoalar ushbu turnir orqali o‘z sport formalarini yuqori nuqtaga olib chiqa olishadi.

Bu musobaqa U-23 Osiyo Kubogi, Osiyo o‘yinlari hamda qit’a turniriga saralash uchrashuvlari uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi hamda har bir jamoa uchun foydali bo‘ladi.

Yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz so‘nggi vaqtlarda Xitoyning turli yoshdagi jamoalariga qarshi bir qancha uchrashuvlar o‘tkazishdi. Aytishim mumkinki, Xitoy futboli rivojlanishda davom etmoqda. Shuningdek, yosh, iqtidorli va kelajakda yaxshi darajaga erisha oladigan avlod etishib chiqmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini ertaga, 20 mart kuni Xitoyga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!