
Rasmiy xabar: Joel Kojo - "Istiqlol" futbolchisi
Samarqandning "Dinamo" hujumchisi Joel Kojo Eronning "Istiqlol" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda fors klubi xabar berdi.
Shartnoma muddati 3,5 yilga mo‘ljallangan. Ushbu transfer uchun "ko‘klar" Samarqand klubiga 300 ming dollar to‘laydi. Bir necha kun avval futbolchining Tehronda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Kojo 2024 yilgi mavsum "Dinamo"da 27 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi.
Fikrlar