
Rasman! Vermalen Inestaning jamoadoshiga aylandi
"Barselona" klubining sobiq himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
33 yoshli belgiyalik futbolchi bugun "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Ta’kidlash kerakki, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, "Vissel Kobe" klubida ayni damda "Barselona"ning sobiq futbolchilari soni 3taga etdi. Boisi, bunga qadar ushbu jamoada Andres Inesta va David Vilya ham to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar