Rasman Top 5 uchun transfer oynasi yopildi!

  • 31 avgust, 2021, 19:39
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomu alaykum qadrdon SPORTS.uz kuzatuvchilari. Bugun Transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgani bois, barcha voqealarni live tarzda sizga etkazib turishga qaror qildik. Voqealar rivojidan xabardor bo‘lib turish uchun havolani yangilash kifoya.

Tecno

Transferlar:

"Tottenhem" Serj Ore bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi!

 

"Betis" "Arsenal" futbolchisi - Ektora Belerinni ijaraga oldi. Mavsum yakuniga qadar, himoyachisi "La Liga"da to‘p suradi.

 

"Barselona" Joa Felishni qo‘lga kiritishdan umidini uzdi. Endi klub bor e’tiborini De Yong transferiga qaratadi.

 

Edinson kavani "Manchester Yunayted"dan hech qaerga ketmaydigan bo‘ldi. U o‘z ijtimoiy tarmog‘ida shunga ishora qilmoqda!

 

"Vest Hem" Aleks Kralning transferini amalga oshirganinir rasman tasdiqladi!

 

Ispaniyalik jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Antuan Grizman "Atletiko" Madridga sotib olish sharti bilan ijaraga berildi. Unga ko‘ra, mavsum yakunida "matraschilar" frantsuz uchun 40 million evro to‘lab berishi shart!

 

"Chelsi" "Sevilya" himoyachisi - Jyul Kondu bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Katta ehtimol bilan bu transfer amalga oshmaydi!

 

Nikola Skira Antuan Grizmanni "Atletiko" Madrid bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaganini ma’lum qilmoqda.

 

"Monako" klubida to‘p surgan Keyta Balde yana Italiyaga qaytdi. Afrikalik hujumchi endi "Kalyari" sharafini himoya qiladi! Avvalroq u "Latsio" va "Sampdoria" jamoalarida to‘p surgan.

 

Rimning "Roma" jamoasi argentinalik yarim himoyachi - Xaver Pastore bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Endi futbolchi erkin agent maqomiga ega!

 

"Lester" "RB Leysig" a’zosi - Ademola Lukmanani ijaraga oldi. Endi yarim himoyachi yana APLda to‘p suradi. 23 yoshli futbolchi mavsum so‘nggiga qadar "tulkilar" sharafini himoya qiladi.

 

l45pglp45lg

"The Sun": Itan Ampadu "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirdi. Endilikda himoyachi 2024-yilga qadar Londonda qoladi.

 

"Tottenxem" Emersonning transferini rasman tasdiqladi!

wrkrwokrowk

Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Saul Niges bir necha soatlardan so‘ng, London klubi a’zosiga aylanishi mumkin.

26 yoshli futbolchini bir mavsumga "aristokratlar" ijaraga oldi. Buning uchun 5 million evro to‘lab beriladi. Transferning boshqa tafsilotlari tez orada ma’lum bo‘ladi.

"The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi hozir Londonda va shartnoma tez orada rasman e’lon qilinadi.

 

Sky Sport: Kilian Mbappe "Real" Madridga o‘tmaydi! Parij klubi Madriddan kelgan 220 million evrolik taklifni to‘liq rad etdi!

 

ESPN: Ilash Moribo "Barselona"dan "RB Leytsig"ga o‘tdi. 18 yoshli yarim himoyachi uchun "buqalar" 16 million evro sarfladi. Endi Moribo 5 yil davomida Bundesligada to‘p suradi.

 

A Bola: Mauro Ikardini qo‘lga kiritish maqsadida "Yuventus" hozir ham kurash olib boryapti, ammo PSJ uni qo‘yib yubormoqchi emas.

 

RMC Sport: Antuan Grizman bugun tunda "Atletiko Madrid"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi! Ma’lumotlarga qaraganda, "Barselona" 50 million evro evaziga Antuanni qo‘yib yuborishga tayyor.

 

A Bola: Denni Messias "Milan" bazasida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi! Tez orada braziliyalik futbolchini "rossonerilar" rasman e’lon qiladi.

 

Aleks Kral "Vest Hem"ga o‘tdi! "Bolg‘achilar" "Spartak"dan uni sotib olish sharti bilan harid qildi!

 

Daniel Jeyms 25 million funt evaziga "Manchester Yunayted"dan "Lids"ga ko‘chib o‘tdi. Shartnomaga ko‘ra, u 2026 yilga qadar "tovuslar" sharafini himoya qiladi...

 

"Chelsi" a’zosi - Denni Drinkuoter ijara asosida "Reding"ga ijaraga berib yuborildi. U endi kelasi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi...

 

Sky Sports: "Real" Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishdan umidini uzgani yo‘q. Jamoa 160+10 korinishidagi taklifga javob kutmoqda...

 

RMC Sport:"Sporting" Nunu Mendeshni transfer oynasining so‘nggi kunida sotishga qaror qildi. Hozir yosh iqtidor egasiga PSJ asosiy da’vogar. Shuningdek, bir nechta ingliz grandlari ham Mendeshga ko‘z tikkan...

 

RMC Sport: "Atletiko" PSJ bilan muzokralar olib bormoqda. "Matraschilar" Sarabiani ijraga olish niyatida.

 

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, "Arsenal" forvordi - Aleksandr Lyakazett jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. U 2022 yilning 30 iyun sanasida erkin agent maqomini oladi...

 

Katta ehtimol bilan "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde "Chelsi" bilan shartnoma imzolaydi. Hozir futbolchi va agenti Londonda...

 

"Chempionat" nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, "Zenit" Dzyuba bilan tez orada shartnoma imzolaydi. Uning jamoani tark etishi borasidagi barcha mish-mishlar o‘z kuchini yo‘qotdi!

 

Daxshat! "Barselona" va "Atletiko" hozir Joa Felishni Antuan Grizmanga almashtirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. ESPN nashrining ma’lum qilishicha, yaqin soatlar ichida ulkan transfer amalga oshishi mumkin!

 

"Yuventus" PSV a’zosi - Muhammad Ixxateren bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Yosh va iqtidorli futbolchi tongda Turinga ko‘chib keldi...

o5kgo4k5ogk54

 

Italiyaning "Spetsia" klubi TsSKA a’zosi Bistrovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga juda yaqin. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda...

 

Jurnalist: Loik Tani bergan ma’lumotlarga qaraganda, Jerom Boateng tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida "Lion" jamoasi qarorgohiga etib kelgan. Manbaning xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi...

 

Edinson Kavani Manchesterni tark etib Kataloniyaga uchib kemoqchi. Klub uni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. Futbolchi zahira o‘rindig‘ida qolib ketishni istamayapti...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!