Rasman: "Shaxtyor" o‘zbekistonlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

  • 13 yanvar, 2021, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari UEFA chempionlari ligasida “Shaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo‘lishdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzod Ubaydullaev Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi.

Tecno

Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullaev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur klub sharafini o‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboev ham himoya etgandi.

Shahzod Ubaydullaev o‘tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26ta o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari, Shahzod Ubaydullaev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etildi va uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirildi. Shahzod o‘zining O‘zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!