Rasman! "Real" futbolchisi yangi mavsumni A Seriya grandi safida boshlaydi

  • 14 aprel, 2021, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid hujumchisi Borxa Mayoral yangi mavsumni ham "Roma"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tecno

Rimliklar 20 yoshli futbolchining ijara shartnomasini 2022 yil yoziga qadar uzaytirishga erishdi. Ammo shu bilan birga uning transferini to‘liq sotib olish huquqi 20 mln evroga ko‘tarildi.

Borxa Mayoral joriy mavsum "Roma"da 36 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

“Roma” 30 turdan so‘ng Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida 54 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Ularni EChLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rindan 7 ochko ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!