
Rasman: Piontek Bundesliga klubiga o‘tdi
"Milan" hujumchisi Kshishtof Piontek faoliyatini "Gerta" klubida davom ettiradi.
Tomonlar, 24 yoshli futbolchining transferini kelishib olishdi. Nemislar forvard uchun 27 mln evro to‘lab beradi.
Yaqin vaqt ichida polshalik futbolchi yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun Germaniyaga uchib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Piontekka "Tottenxem" klubi ham qiziqish bildirgan edi, ammo milanliklar futbolchini ijaraga berishni istashmadi.
Fikrlar