
Rasman! "Navbahor"ning serbiyalik legioneri jamoani tark etdi
"Navbahor" jamoasining serbiyalik 28 yoshli tajribali himoyachisi Luka Chermel jamoani tark etdi.
Serbiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda “Navbahor” tarkibida O‘zbekiston Coca Cola Superligasi bahslarida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 583 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, O‘zbekiston Coca Cola kubogi bellashuvlarida “lochinlar” tarkibida 2 ta bahsda maydonda harakat qilib, 132 daqiqa o‘ynadi.
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bahslarida esa 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 82 daqiqa to‘p tepdi.
Klub Luka Chermelga “Navbahor”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Fikrlar