Rasman! Milner "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 14 dekabr, 2019, 00:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jeyms Milner klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Hozircha 33 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan qachongacha shartnoma imzolagani ma’lum qilinmayapti. Ammo, The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda Milnerning yangi kelishuvi 2022 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Milner “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 198 ta o‘yinda maydonga tushdi va 25 ta gol hamda 40 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!