Rasman! Legionerlarimiz soni yana bittaga ko‘paydi!

  • 23 mart, 2022, 21:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor 2" futbolchisi Abbosbek Jumaqulov faoliyatini Belarus Oliy ligasida ishtirok etadigan "Energetik-BGU" klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

"O‘zbekistondan Bobir Abdixoliqov, Shoxruhbek Abdurahmonov va Abduqodir Xusanovdan so‘ng to‘rtinchi futbolchi safimizga kelib qo‘shildi! Uning ismi Abbosbek Jumaqulov.

22 yoshli yarim himoyachi 1999 yil 1 iyunda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar u O‘zbekistonda futbolchilik faoliyatini olib borgan.

2020 yilgi mavsumda Abbosbek "Buxoro" tarkibida 6 ta o‘yin o‘tkazgan. So‘ng "Bunyodkor 2" jamoasiga ko‘chib o‘tgan.

Futbolchi "Bunyodkor 2"dan yil oxiriga qadar ijaraga olingan. U yangi klubi safida 16-raqam ostida harakat qiladi. "Energetik-BGU"ga xush kelibsan, Abbosbek!", - deyilgan klub rasmiy saytida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!