
Rasman! "Borussiya" Sancho transferini e’lon qildi (foto)
Rasman "Borussiya" rasmiy sahifasi orqali Jeydon Sanchoni ortga qaytganini ma’lum qildi.
U ijara asosida dortmundliklar safiga ko‘chib o‘tadi. Ijara uchun "arilar" Manchester klubiga 4 million evro to‘laydi, shartnomada sotib olish bandi mavjud emas. Jeydon mavsum yakuniga etgach, yana "qizil iblislar" ixtiyoriga qaytib keladi.
Ma’lumot uchun, Sancho 2017 yilda "Manchester Siti"dan Dortmund klubiga o‘tgandi. 2021 yilda Manchester shahriga qaytgan vinger yana Germaniyaga yo‘l oldi.
Fikrlar