
Rasman! Behruz Jumatov - "So‘g‘diyona" futbolchisi
Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirmoqda. "Bo‘rilar" Behruz Jumatovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Yangi mavsum oldidan tarkibini mustahkamlashda davom etayotgan jamoamiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, iste’dodli markaziy himoyachi Behruz Jumatovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma yosh futbolchi va klub uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Behruz Jumatov o‘z faoliyatini "Olimpik" jamoasi safida davom ettirib kelayotgan edi. Yosh va istiqbolli himoyachi O‘zbekiston U17 va U20 yoshlar terma jamoalarida ham o‘zini munosib ko‘rsatgan. Uning milliy terma jamoalar safidagi dastlabki debyuti 2022 yilda O‘zbekiston U17 tarkibida boshlangan.
"So‘g‘diyona" futbol klubi Behruz Jumatovga yangi mavsumda yorqin o‘yinlar va yuqori natijalar tilab qoladi. Biz birgalikda yangi marralarni zabt etishga ishonamiz", - deya xabar berdi klub matbuoti.
Fikrlar