
Rasman! "Barselona" futbolchisi "Renn" safiga ko‘chib o‘tdi
Senegallik futbolchi Mikail Faye "Barselona"dan "Renn" safiga yo‘l oldi. Har ikkala klub ham himoyachining transferi borasida o‘zaro kelishib oldi. Bu habarni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Ertaga futbolchi frantsuz klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Transfer summasining o‘zi esa, 12 million evroni tashkil qiladi. "Barselona" futbolchining keyingi sotuvidan 25 foiz ulush oladi. Shuningdek, "kataloniyaliklar" 35 million evaziga qaytarib futbolchini qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi.
Fikrlar