Raneri yana A Seriya klubini boshqarishi mumkin

  • 11 oktabr, 2019, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" va "Lester" klublari sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sport Italia muxbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha 67 yoshli mutaxassisga yaqindagina Eusebio Di Francheskoni iste’foga chiqargan "Sampdoriya" klubi qiziqish bildira boshlagan.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Ranerining o‘zi ham “Sampdoriya”ni boshqarishga qarshi emas. Tomonlar faqatgina shartnomaning moliyaviy tomonlarini kelishib olishsa bas.

Aytish kerakki, “Sampdoriya” rahbariyati ushbu lavozimga shuningdek “Udineze”ning sobiq ustozi Janni de Byazi nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raneri ayni damda ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!