Rakitichni Italiyaga chorlashmoqda

  • 10 mart, 2020, 23:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

TV3 tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Turinliklar Rakitich o‘rniga kataloniyaliklarga Duglas Kostani berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitich “Atletiko” bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ivan Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!