
Qudratullo Abduqahhorov ringga ko‘tariladigan boks kechasida yana kimlar jang qiladi?
Ertaga, AQShning Filadelfiya shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur kechada hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorov(16-0, 9 KO) ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U mezbon Luis Kollazoga(39-7, 20 KO) qarshi reyting maqomidagi ikkinchi markaziy jangda ringga ko‘tariladi. Kechaning asosiy qarama-qarshiligida esa, kamarlarni birlashtirish uchun rossiyalik Artur Beterbiev(14-0, 14 KO) hamda ukrainalik Aleksandr Gvozdik(17-0, 14 KO) to‘qnash kelishadi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, mazkur kecha shu ikki jang bilan cheklanmaydi. Shunday ekan, qolgan to‘qnashuvlarni ham e’tiboringizga havola etamiz:
Xose Vargas (14-1, 9 KO) - Jonni Rodriges (9-4-1, 6 KO)
Maykl Sils (23-2, 17 KO) - Elio Trosh (14-8-2, 7 KO).
Janglar Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi. Asosiy to‘qnashuv esa, 08:00 da start oladi.
Fikrlar