Qudratli “Real” sharmandali antirekord qayd etdi

  • 28 noyabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbolda eng qudratli tarkibga ega bo‘lgan, eng qimmat o‘yinchilarning aksariyatini o‘z safida jamlagan “Real”ning xalqaro miqyosdagi ishlari yurishmay turibdi.

Tecno

Madridliklar Chempionlar ligasining beshinchi turida Liverpulga safar qilib, Arne Slot shogirdlariga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Bu natija Karlo Anchelotti jamoasi uchun antirekord bo‘ldi. Bungacha Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi guruh bahslarida uch marotaba mag‘lubiyatga uchramagan edi.

“Real” yangi formatdagi musobaqaning umumiy bosqichida Germaniya klublari – “Shtutgart”ni 3:1, “Borussiya Dortmund”ni 5:2 hisobida engdi.  Biroq  “Lill”ga 0:1, “Milan”ga 1:3 va “Liverpu”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ayni paytda madridliklar 36 ta jamoa orasida olti ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda. Anchelotti shogirdlari keyingi uchta uchrashuvni “Atalanta”, “Red Bull Zaltsburg” va Brest”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!