
Qudratillo Abduqahhorov jangi bo‘yicha yana rejalar o‘zgardi
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov jangi 10 aprelga ko‘chirilgan va ushbu kechada Abduqahhorovga Kodi Kroule (19-0, 9 KO) raqiblik qilishi kerak edi.
Ammo uning avvalgi raqibi Xaver Flores (15-2, 13 KO) tibbiy ko‘rik bilan bog‘liq muammolarni hal qila olgani va birinchi jang shartnomasi o‘z kuchida bo‘lgani uchun jang yana 13 martga ko‘chirildi. Shu tariqa Qudratillo Abduqahhorov Floresga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangida sobiq jahon chempioni David Benavides va Ronald Ellis o‘zaro bahs olib boradi. Abduqahhorovning jangi esa televizion translatsiyaga kiritilmagan.
Fikrlar