"Qo‘qon-1912" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘tish o‘yinining sanasi ma’lum

  • 24 noyabr, 2023, 16:37
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga va Pro liga reglamentidan kelib chiqib, Pro ligada 3-o‘rinni egallagan va Pro liga o‘tish o‘yinlarida g‘olib chiqqan "Qo‘qon-1912" klubi 2024-yilgi mavsum Superliga yo‘llanmasi uchun Superligani 12-o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lgan "Qizilqum"ga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Tecno

Superligaga o‘tish o‘yini avvalroq 6 dekabr sanasiga tayin qilingan bo‘lib, bunda Superliga klublarining 1 dekabr kuni 26-tur doirasida maydonga tushishi inobatga olingan edi. Biroq 25-turdan keyin "Qizilqum" futbol klubining o‘tish o‘yinida ishtirok etishi aniq bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, Superliga 26-turida "Qizilqum"ga qarshi kurash olib borishi kerak bo‘lgan "Turon" klubi musobaqada o‘z o‘rnini saqlab qolish imkoniyatini yo‘qotdi. Shundan kelib chiqib, har ikki jamoa bilan kelishgan holda Liga o‘tish o‘yini sanasini 5 dekabrga o‘zgartirishga qaror qildi.

Reglament asosida "Qo‘qon-1912" futbol klubi rasmiy uchrashuv mezboni sifatida maydonga tushadi.

O‘TISh O‘YINI

5 dekabr, seshanba

14:00 "QO‘QON-1912" — "QIZILQUM"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
998992832277 Дедашов Икрамжон Исманович
25/11/2023 14:27
Кукон 1912 га ОМАД тилаймиз 2024 у́йинлари кизикрок бу́лади
&
Sardorbek 5555
24/11/2023 17:20
Aslida 5 bn 6 Ni nima qizigʻi bor uyin qayerda buladi