"Qo‘qon-1912" jamoasiga yangi rahbar tayinlandi (foto)

  • 12 yanvar, 2023, 14:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda jamoaga yangi rahbar tayinlangani e’lon qilindi.

Tecno

Shuningdek, yig‘ilishda Qo‘qon shahar xokimi Ma’rufjon Azamovich Usmonov ham ishtirok etdi. Shu kunga qadar jamoa marketing va matbuot xizmati rahbari, marketing bo‘yicha direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan Akramjon Mamadaliev “Qo‘qon-1912” jamoasining vitse-prezidenti etib tayinlandi.  

"Jamoaga yangi homiylar biriktirilish masalasi yaqin kunlarda hal bo‘ladi. Biz sizlarga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatishga tayyormiz. Men ishonamanki Davron Fayziev boshchiligida jamoamiz yana superligaga shu yilning o‘zidayoq qaytadi. Bu yo‘lda sizlarga kuch-quvvat, shijoat va sog‘lik-salomatlik tilayman", - dedi shahar hokimi yig‘ilishda so‘zga chiqarkan.

qo‘qon_2

 

Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!