Qo‘l jangi: O‘zbekiston chempionatining umumjamoa hisobidagi g‘olib va sovrindorlar ma’lum!

CHERY AUTO

Samarqand shahri qo‘l jangi bo‘yicha 14-16 yoshlilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Tecno

Mazkur turnir iyul oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tadi. Shuning uchun, bu musobaqada yurtimizning barcha iste’dodli vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Buxoro qo‘l jangi federatsiyasi raisi Muzaffar Radjabovning o‘g‘illari, jahon chempioni Mizrob Murodov hamda jahon chempionati sovrindori Mironshoh Murodov barcha raqiblarini mag‘lub etib, yana bir marotaba chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati jamoasi 1-o‘rinni yo‘lga kiritgan bo‘lsa, buxoroliklar 2-pog‘onani band etishdi.Kuchli uchlikdan esa Qoraqalpog‘iston vakillari o‘rin oldi.

IMG_20230313_190205_232

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!