
"Qizilqum"ni rossiyalik legioner tark etdi, o‘rniga esa gruziyalik futbolchi keldi
Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan “Qizilqum” klubida o‘tgan yilgi tarkib o‘zagi deyarli saqlab qolindi va ularga bir qator o‘yinchilar qo‘shildi.
Bungacha gruziyalik Elguja Grigalashvili bilan Mate Vattsadze jamoaga qaytarilgani haqida xabar bergandik. Ulardan tashqari “Qizilqum”ga yana bir gruziyalik legioner – Georgiy Kuxanidze ham taklif qilingan va yangi mavsumni Navoiy klubida o‘tkazadi. U hujumkor yarim himoyachi sanaladi. Qolaversa, “Buxoro” jamoasidan Behruz Sa’dulloev ham jalb etilgan.
Shuningdek, o‘tgan yili navoiyliklar sharafini himoya qilgan rossiyalik legioner Ruslan Margiev “Qizilqum” bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Fikrlar