
"Qizilqum" Superligada chempion bo‘lgan legioner bilan shartnoma imzoladi
Navoiyning "Qizilqum" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Bu safar klub gruziyalik legioner Jaba Jigauri bilan shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati esa ushbu transferni rman e’lon qildi.
Bilsangiz kerak, Jigauri 2023 yilning yozida "Nasaf" klubiga kelgan va bir yarim mavsum davomida ushbu klub sharafini himoya qildi. O‘tgan mavsumda esa "Nasaf" bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Jaba qarshiliklar tarkibida bir yarim yil davomida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib 8 ta gol urdi va 1 ta assistni bajardi.
Fikrlar