Qilichbozlarimiz Afrikadagi Gran-prida qatnashyapti

CHERY AUTO

Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Dunyoning  ushbu sport turi bo‘yicha etakchi davlatlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham yilning ilk nufuzli musobaqasida qatnashyapti.

Tecno

Xalqaro turnir dasturga ko‘ra, birinchi kun ayollar o‘rtasida dastlabki saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Unda terma jamoamiz a’zolaridan Nargiza Jaksibaeva, Ayako‘z Jumamuratova, Fernanda Errera, Gulistan Perdibaeva, Samira Shokirova o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

Terma jamoamizning birinchi raqamli sportchisi Zaynab Dayibekova yuqori reyting pog‘onasida turgani bois bahslarga  to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichidan kirishadi.

Musobaqalar 12 yanvarga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!