"Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" - Murzoev

  • 28 aprel, 2024, 00:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Timur Kapadze boshqarayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz asta-sekin o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi tomon yaqinlashib kelmoqda. Azaliy orzu ro‘yobga chiqishiga bir qadam qoldi. Quvonarlisi, vakillarimizning imkoniyati ham, salohiyati ham katta. Saudiya Arabistoni mag‘lub etilganidan so‘ng O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi, sobiq futbolchi Kamoliddin Murzoev Sports.uz uchun fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin xususida

- Hammani kutilgan g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. O‘zbek futboliga bunday yutuqlar yarashadi. Tarixiy natijaga bir qadam qoldi. Futbolchilarimiz butun xalqimizni xursand qila oladilar. Tan olishimiz kerak, yigitlarimiz Saudiyaga hech qaysi jabhada yutqazishmadi. Kerak bo‘lsa raqibni provokatsiyalariga ham uchmadilar. Menimcha, to‘liq o‘yin nazorati bizda bo‘ldi. Timur Kapadze raqibdan kelib chiqqan holda o‘yin uslubini tuzdi. Oqibatda kutilgan natijaga erishildi. Saudiya Arabistoni deyarli bizga qiyinchilik tug‘dirmadi. Qiyinchilik tug‘dirmadi degani futbolchilarimiz mehnat qilishmadi, degani emas. O‘z mehnatlarini maydonda ko‘rsatishdi va kutilgan natijaga erishildi. Musobaqa boshlanganidan beri futbolchilarimizdan ko‘ngil to‘q. O‘yinchilarimiz narx jihatidan ham musobaqaning eng qimmat jamoasi deyildi. Ular faqat qog‘ozda emas, amalda, maydonda ham kuchli ekanligimiz bilindi. Keyingi uchrashuvlarga omad tilaymiz va bu yog‘iga ham yaxshi bo‘ladi.

Indoneziyaning yarim finalga chiqqani haqida

- To‘g‘risi, Indoneziyani kutmagandim. Ammo Koreya bilan uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yini bo‘yicha kutilmagan bo‘lsa-da, ular  yarim finalga loyiq ekanligini ko‘rsatishdi. Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib. Ammo bu jamoa koreyaliklar bilan uchrashuvda shuni ko‘rsatdiki, raqibni mensimaslik og‘ir ahvolga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston asosiy favoritmi?

- Musobaqa boshlanganidayoq aytganman, biz yaqqol bo‘lmasak-da, musobaqa favoritimiz. Agar hammasi yaxshi darajada bo‘lsa, nafaqat Olimpiada yo‘llanmasi, balki Osiyo chempioni bo‘lib qaytishadi, deb o‘ylayman. Futbolchilarimiz bunga erisha olishadi. 

Eng asosiysi, Olimpiada yo‘llanmasi yoki chempionlik hammi?

- Albatta Olimpiada yo‘llanmasi muhim hisoblanadi. Ushbu yo‘llanmaga eng yaqin yo‘l bu final. Finalga chiqqanda esa hech kim Olimpiada yo‘llanmasi bilan kifoyalanib qolmaydi. Albatta, keyingi qadam musobaqa g‘olibligi uchun bo‘ladi. Menimcha, hozirgi tarkibimiz bilan ikkala vazifani uddalay olamiz. Chunki oldingi musobaqalarda avvalgi terma jamoalar biz kutgan favoritlar Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni qay darajada etakchilar bo‘lgan bo‘lsa, o‘ylashimcha, bugungi O‘zbekiston olimpiyachilari ham oldingi davrlardagidek favorit. Ya’ni, ular uchun O‘zbekiston menimcha yaqqol favorit.

Bu olimpiyachilarimizning eng yaxshi tarkibimi?

- Eng yaxshi tarkiblarimizdan biri. Agar Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladigan bo‘lsa, so‘zsiz tarixdagi eng kuchli olimpiya jamoasi bo‘lishadi. Bunga ular loyiq.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sports 55
28/04/2024 10:09
Индонезия билан u 19 мусобакасида Копадзе шогирдлари 0:0 кушимча дакикаларда 2:0 уйнашган. Индонезиялик мухлисларини езишича уларни бу таркибидан 4 футболчи колган. Хозир Бир нечта футболчилар махаллийлаштириб олишган. Улар кайси давлатдан хали билмадим. Копадзе шогирдлари деярли таркиб сакланиб колган. Индонезия билан жиддий уйнаш керак. Улар хам Австралия ва Ж кореяни ютиб ишончлари ортган. Энг асосийси узимизни уйинимиз яьни тезкор гол уриб давом этиришимиз керак
ХОЛМУРОДОВ АМИР
28/04/2024 16:18
Индонезия шу ергача келдими значит уларга карши тактика ишлатиш керак
ХОЛМУРОДОВ АМИР
28/04/2024 16:16
Ракибни хурма килган холода менсимаслик салбий окибатларга олиб келиши мумкин
ХОЛМУРОДОВ АМИР
28/04/2024 16:14
Ярим финалдаги 4 жамоа хам фаворит хисобланади
Utabayev Baxtiyor
28/04/2024 12:45
To‘g‘ri Indoneziya ancha kuchli jamoa lekin bizning jamoa ancha mahoratli.Biz albatta g‘alaba qozonamiz.
Begmatov Avaz
28/04/2024 10:20
Индонезия ни тренер кучли файласув ,бежизга у 2 та жамоани бошкармаяпти,у Кореянки жахон чемпионат га олиб чиккан мурабий.Бизни обдон урганган.