Qaysi futbolchilar b mavsum Chempionlar ligasi va Evropa chempionatida g‘olib bo‘ldi?

  • 12 iyul, 2021, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Italiya penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lubiyatga uchratgan holda Evropa chempionligiga sazovor bo‘ldi.

E’tiborlisi, 2 nafar futbolchi bu yil ham Chempionlar ligasida, ham Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. Bular: himoyachi Emerson Palmeri va yarim himoyachi Jorjino Frello.

Yuqorida nomlari tilga olingan ikki futbolchi may oyida "Chelsi" tarkibida EChL finalida "Manchester Siti" (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Jorjino “Evro-2020”da jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, Emerson esa 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!