Qachon boshlash muhim emas, asosiysi qanday yakunlash!

  • 8 may, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

E’tiborlisi shundaki, Tomas Tuxel «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangach, 3,5 oyda «aristokratlar»ni Evropa Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi. Bunday holatlar futbol uchun begona emas. Xo‘sh, qaysi murabbiylar Tuxel singari qisqa muddatda natija ko‘rsatgan? Bugun ular haqida batafsil.

Tecno

Visente Del Boske

1999/00 yilgi mavsumning 17 noyabrida jamoa tepasiga kelgan va EChLda zafar quchgan!

h45h454jhh4

Del Boske - «Real» klubi uchun yaratilgan mutaxassis desak, adashmagan bo‘lamiz. 1999 yilda ilk bor bosh murabbiyga aylangan Don Visente bunga qadar 15 yil «Qirollik klubi» akademiyasida faoliyat olib borgan edi. U jamoani vaqtincha boshqarib turish uchungina taklif etiladi. Jon Toshak iste’foga chiqqach, Del Boske ishga kirishdi.

Toshak ketganida, «Real» «Primero»da 8-o‘rinda edi. Shu bois, chempionlik uchun kurashishning imkoni bo‘lmadi, biroq xalqaro maydonda natija shunchaki super! Don Visente boshchiligida «Real» Ektor Kuperning «Valensiya»sini finalda tor-mor keltiradi. O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boskedan farqli o‘laroq, «Valensiya»ni mavsum boshida qabul qilib olgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi bahsda «Real» kuchliroq chiqdi.

Avraam Grant

2007/08 yilgi mavsumning 20 sentyabrida jamoa tepasiga kelgan va finalga chiqqan!

glrthlrtphlrlth

2007 yilning sentyabr oyiga kelib, Roman Abramovich va Joze Mourino o‘rtasidagi janjal kattalashib ketdi. Natijada, portugaliyalik mutaxassis Londonni tark etdi. «Benazir» ketgach, kutilmaganda uning o‘rnini Avraam Grant egalladi. 52 yoshga qadar Isroildan tashqarida ishlamagan mutaxassisning APL grandida paydo bo‘lishi ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq.

E’tiborlisi shundaki, London klubi Joze uddalay olmagan marrani aynan kamtarin Grant bilan zabt etdi. O‘zining debyut mavsumidayoq Avraam «aristokratlar»ni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi. Moskvadagi final bahsida omad «Manchester Yunayted»ga kulib boqdi. Oradan 3 kun o‘tgach, isroillik mutaxassisga «Chelsi» «javob berib» yubordi.

Roberto Di Matteo

2011/12 yilning 4 martida jamoa tepasiga kelgan va EChLda zafar quchgan!

ytjtykjtykyukyuk

Italiyalik mutaxassis qissasi boshqalarnikidan ajralib turadi. Roberto «Stemford Bridj» uchun begona emas. U 6 mavsum davomida London klubida to‘p surgan. Butsalarini mixga ilgach, ko‘p o‘tmay murabbiylikka qo‘l urdi. «Milton Kins Dons» va «Vest Bromvich»da yarim mavsumdan ishlagan mutaxassis ko‘p o‘tmay «Chelsi»dan taklif oldi.

Aslida, 2011/12 yilgi mavsumni u Andre Villash-Boash shtabida boshladi. Mart oyining boshida esa, portugaliyalik iste’foga chiqarildi. Klub uni o‘rnini vaqtincha Di Matteo bilan to‘ldirdi. Tan olish lozim, Matteo juda og‘ir vaziyatda klubni qabul qilib oldi. Chempionatda ishlar rasvo, EChL pley-offidagi birinchi o‘yin «Napoli»ga (3:1) boy berilgan, ichki muhit rasvo va boshqa omillar uning ishini murakkablashtirib yuborgan edi.

«Chelsi» yangi murabbiy qo‘l ostida o‘ziga kelishni boshladi. Avvaliga, «Napoli» 4:1 natijasi bilan mag‘lub etildi. Branislav Ivanovich qo‘shimcha bo‘limlarda hal qiluvchi golni kiritgach, London klubi yana «kurash»ga qo‘shildi.

Keyingi bosqichda «Benfika» klass evaziga taslim etildi. «Chelsi»ning sayohati mantiqan «Kamp Nou»da yakunlashini kerak edi. Hisob 2:0 Jon Terriga ko‘rsatilgan qizil kartochka «Chelsi»ni to‘xtatib qolgani yo‘q. Yakunda, ular hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirgani chinakam «mo‘’jiza»!

Myunxendagi final esa, bundanda olovli o‘tgan. «Bavariya» o‘z uyida 90 daqiqa hujum qilib, faqat bir bor gol urdi. «Chelsi» esa, bu golga tezda javob qaytaradi. 15 daqiqalik taymlarda Robben penaltini amalga oshirishda adashgach, De Matteo ancha erkin nafas olgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan. Penaltilar seriyasi va «Chelsi» o‘z tarixida ilk bor Evropaning tengsiz klubi!

Kinolardagina uchraydigan voqeadan 6 oy o‘tib, qarsaklar ostida Di Matteo ishdan olindi. Iste’foni hazm qilish juda og‘ir bo‘ldi, shekilli Matteo boshqa yuqori natija ko‘rsata olmadi. «Aston Villa» va «Shalke» uning so‘nggi manzili bo‘lib qoldi.

Zayniddin Zidan

2015/16 yilning mavsumning 4 yanvarida jamoa tepasiga kelgan va EChLda zafar quchgan!

kwerogowegw

Rafa Benites klubni boshqara olmagach, Florentino Peres yoshlar bilan ishlayotgan Zayniddin Zidanni yordamga chaqiradi. Qahramonimiz kerakli paytda kerakli joyda hozir bo‘ladi. «Roma», «Volfsburg» va «Manchester Siti» bilan o‘yinlardan so‘ng, Madrid derbisi! «Atletiko» bilan o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal etiladi. Zidan o‘zining debyut mavsumidayoq «Real»ni Evropaning eng kuchli klubiga aylantiradi.

Yodingizda bo‘lsa, Zidanning EChLdagi ilk g‘alabasidan so‘ng, hamma uni Di Matteoga qiyoslagan edi. Ko‘p o‘tmay, Zizu bu faraz aldamchi ekanligini isbotlab tashladi. Hozir ham mutaxassis jamoasi bilan Ispaniya chempionligi uchun kurash olib bormoqda.

Xans-Diter Flik

2019/20 yilgi mavsumning 3 noyabrida jamoa tepasiga keldi va EChLda zafar quchdi!

gkerogokekor

«Bavariya» jamoasida omadsiz faoliyat olib borgan Niko Kovach ketgach, uning o‘rnini «abadiy ikkinchi» Flik egalladi. Qahramonimiz jamoa boshqaruvini qo‘lga olgach, yo‘lidan uchragan barchani «parchalab» tashladi. «Barselona» va «Chelsi»ni xafa qilgan «Bavariya» final ostonasida «Lion»ni ayab o‘tirmadi. Hal qiluvchi bahsda Tomas Tuxelning PSJ klubi minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratildi.

Endi esa, mutaxassis klubni tark etishini rasman e’lon qilib bo‘ldi. Shunga qaramay, myunxenlik birorta muxlis Flikning g‘alabasini tasodifga yo‘ymaydi. Chempionlikni qo‘lidan chiqarib yuborishi aniq bo‘lib ulgurgan «Bavariya» uning qo‘l ostida super mashinaga aylandi. Ketishga taraddud ko‘rayotgan Tomas Myuller esa, yakunda bir nechta rekordlar o‘rnatdi. Flik barcha «Bavariya» muxlislari xotirasida abadiy qolishi aniq.

Tomas Tuxel

2020/21 yilgi mavsumning 26 yanvarida jamoa tepasiga keldi va hozircha finalga olib chiqdi!

kwoegkoweokgw

Joriy mavsumda Tuxel vatandoshi singari qahramonga aylanishi mumkin. O‘tgan yili u Flik bilan to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi. Hozir unda, hammasini o‘z o‘rniga qo‘yish imkoni mavjud. Pley-offda «Atletiko», «Portu» va «Real»ni taslim etgan «Chelsi» chempionlik uchun kurashda «Manchester Siti» bilan to‘qnash keladi.

E’tiborlisi shundaki, «Chelsi» mavsum o‘rtasida tayinlagan 3 murabbiy bilan 3 bor finalga etib kelmoqda. Bunaqa ko‘rsatkich Evropaning birorta jamoasida yo‘q. London klubi o‘z finallarining ikkitasida ham penaltilar seriyasiga qadar etib borgan. Birida «Manchester Yunayted»ga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, ikkinchisida «Bavariya» taslim etilgan. 29 may sanasi ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. Tomas Tuxel Di Matteoning izdoshimi yoki Avraam Grantnimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!