
Pyontek "Milan"dan ketishida Zlatanni aybladi
"Gerta"ning polshalik hujumchisi Kshishtof Pyontek "Milan"dan ketishiga Zlatan Ibragimovich sabab bo‘lganini aytdi.
“Aldamayman. Ibragimovich jamoaga kelgani uchun "Milan"dan ketdim. Ketma-ket 5-6 uchrashuv zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishni xohlamadim. Agar Zlatan maydonga tushgan bo‘lsa, unda uni faqat zambilda yoki o‘z xohishiga ko‘ra qoldirishi mumkin edi. Va men o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmadim. Bir marta Italiya kubogi bahsida maydonga chiqdim. Men gol urdim va samarali pas uzatdim, ammo keyingi A Seriya uchrashuvida yana zaxirada qoldim. Shundan so‘ng bu erda menga joy yo‘qligini angladim”, - dedi Pyontek.
25 yoshli Kshishtof “Milan” safida 2019-2020 yillarda to‘p surdi va jami 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar