PSJ yulduzlari orasiga sovuqlik tushdi

  • 23 dekabr, 2021, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yozda o‘z tarkibiga Evropa chempionatining eng zo‘r futbolchi, deb e’tirof etilgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummani qo‘shib olgan edi. Keyinchalik parijliklar safiga Lionel Messi ham o‘tdi.

Tecno

Donnarumma shubhasiz asosiy darvozabon nomiga da’vogar. Biroq, PSJda Lionel Messi va Neymar etakchiligidagi janubiy amerikalik o‘yinchilar Maurisio Pochettinoga ta’sir o‘tkazib, darvozani kosta-rikalik Keylor Navas qo‘riqlashini istamoqda.

Hozir ikki darvozabon o‘rtasida yashirin ziddiyat mavjud. Yaqinda oraga yana sovuqlik tushdi. Keylor navas “Nitstsa” posboni Marchin Bulkaga “Bu firma qo‘lqoplarida dunyoning eng zo‘r darvozabonlarigina o‘ynaydi”, - dedi.

Shu o‘rinda, Keylor va Marchin bitta firmaga tegishli qo‘lqopdan foydalanishini ta’kidlash lozim.

Janluiji Donnarumma raqobatchisining gapini o‘ziga nisbatan haqorat sifatida qabul qildi.

Joriy mavsumda Pochettino ko‘proq Navasga ishonch bildiryapti. Kosta-rikalik posboni 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Donnarumma esa yangi jamoasida 11 marotaba o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!