
PSJ xo‘jayini “Roma” orqali “Barsa”ga zarba berdi
“Roma” rahbariyati shu yilning 6 avgust kuni Gamper kubogi turniri doirasida “Barselona”ga qarshi uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgan edi.
Rimliklardan kutilmaganda rad javobini olgan Kataloniya superklubi etkazilgan zarar uchun kompensatsiya talab qilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqatildi.
Endi “Roma” nega “Kamp Nou”ga borishni istamagani oshkor bo‘ldi. Aslida rimliklar o‘z qarorini mavsumoldi tayyorgarligi kalendari o‘zgartirilgani bilan izohlagan bo‘lsa-da, gap boshqa yoqda bo‘lib chiqdi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, PSJ prezidenti va Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nasser Al-Xelaifiy rimliklarga bosim qilgani uchun ular “Barselona” bilan o‘ynamaslik haqida qaror chiqargan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Al-Xelaifiy “Roma”xo‘jayini Den Fridkin bilan yaxshi aloqaga ega. Amerikalik biznesmen ham ECA direktorlar kengashi va ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. Shu bois, aynan mazkur tashkilot rahbari bo‘lgan Al-Xelaifiy Fridkinni Gamper kubogi turnirida qatnashmaslikka ko‘ndirgan.
Al-Xelaifiyning bunday qilishiga “Basrelona” UEFAni larzaga solgan Superliga loyihasining asoschilaridan ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda. UEFA va ECA tashkilotlari qit’aning eng badavlat klublariga mo‘ljallagan Superliga loyihasining eng ashaddiy dushmanlari hisoblanadi.
Fikrlar