
PSJ va "Nottingem Forest" Navas transferi bo‘yicha kelishib oldi
PSJ darvozaboni Keylor Navas Angliyaga yo‘l oladi. Klublar kelishuvga erishdi. Posbon mavsum so‘ngiga qadar "Nottingem Forest" klubida to‘p tepadi.
Navas bir necha kun oldin "o‘rmonchilar" bilan kelishib olgandi. Parijliklar darvozabonni olib qolishga harakat qildi. Ammo oxirgi taklifni qabul qildi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli posbonning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar