PSJ safarda g‘alaba qozondi. Messidan 3 ta assist

  • 28 noyabr, 2021, 18:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Sent Eten" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda parijliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, mezbonlar futbolchisi Buanga hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Markinos muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymning 78-daqiqasida Di Mariya Parij klubini oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘nggida Markinos bosh bilan gol urib, dubl qayt etdi.  Ta’kidlash lozim, PSJning barcha gollariga Messi assistentlik qildi. 

Shuningdek, o‘yinning 45-daqiqasida "Sent-Eten" futbolchisi Kolodzeychak qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!