PSJ “Real” yulduzini olib ketadi

  • 27 yanvar, 07:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Pari Sen-Jermen” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘lagan.

Parijliklar asosiy nishon sifatida “Real”ning 24 yoshli hujumkor futbolchisi Rodrigo Goesni belgiladi. Bu haqda jurnalist Abdulla Bulma xabar tarqatdi.

2023 yilning yozida PSJni Neymar va Messi, 2024 yilda Kilian Mbappe tark etganidan keyin Frantsiya chempionlari mukammal hujum chizig‘ini shakllantirishga urg‘u qaratmoqda.

Hozircha, jamoaga taklif etilgan to‘purarlar orasida Bredli Barkoladan boshqasi ishonchni oqlamadi. Bosh murabbiy Luis Enrike yanvardagi transferlar vaqtida o‘z davrida 95 million evroga transfer qilingan Randal Kolo Muanidan ham voz kechib yubordi.

Endi PSJ Rodrigo orqali jamoaning hujum salohiyatini oshirmoqchi.

Rodrigo “Real”ga 2019 yili olib kelingan. Shundan beri u 244 ta o‘yinda qatnashib, 65 ta gol va 47 ta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali madridliklar bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!