
PSJ "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yindan oldin deyarli hujumchisi qoldi
"Pari Sen-Jermen" forvardi Kilian Mbappe "RB Leyptsig"ga qarshi bo‘ladigan EChL guruh bosqich 3-tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Nant”ga (3:0) qarshi bahsda son mushaklaridan jarohat olgan. U aynan mana shu sabab jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.
Aytish lozimki, parijliklar nemis klubiga qarshi o‘yinda hujum chizig‘ida jiddiy muammoga duch kelishi mumkin. Boisi, jamoaning ikki nafar hujumchisi - Neymar va Mauro Ikardi lazaretda.
PSJ - "RB Leyptsig" uchrashuvi 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar