
PSJ Messi o‘rniga zo‘r hujumchi topdi
PSJ rahbariyati Lionel Messini yangi shartnomaga ko‘ndira olmayotgani bois, unga o‘rinbosar qidirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi hujum chizig‘ida Kilian Mbappe bilan birga “Milan”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rafael Leauni o‘ynatmoqchi.
Klub rahbariyati ham 23 yoshli portugaliyalik to‘purar kelajakda Lionel Messining o‘rnini bosishiga ishonch bildiryapti.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Messining o‘zi “Barselona”ga qaytishga moyil bo‘lib turibdi. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta argentinalik jahon chempionini olib kelishning yo‘llarini qidirmoqda.
Rafael Leauning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. PSJ uni olib kelish uchun katta miqdorda badal puli to‘lashi talab etiladi.
Fikrlar