PSJ etti o‘yinchisidan voz kechdi. Ular kim?

  • 18 aprel, 2023, 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ tarkibini Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli o‘ynash uchun shay holga keltirmoqchi. Buning uchun birinchi navbatda klub ortiqcha o‘yinchilardan qutilishi va transferlar bozorida yangi ijrochilarni topishi kerak.

Tecno

Parijliklar sport direktori Luish Kampush ishonchni oqlamayotgan o‘yinchilardan bir guruhi bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati ayrim o‘yinchilarga yangi bitim bermaydi va ba’zilarini transferga qo‘yadi. Manbaning ta’kidlashicha, ketadiganlar ro‘yxatiga yarim himoyachilardan Vitinya, Renatu Sanshesh, Fabian Ruis, Karlos Soler, himoyachilardan Xuan Bernat va Serxio Ramos, shuningdek, hujumchi Ugo Ekitike kiritilgan.

PSJning eng mashhur yulduzi Lionel Messining ham klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Argentinalik jahon chempioni 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!