
PSJ Chempionlar ligasi to‘purarini sotib olmoqchi
PSJ "Borussiya Dortmund" hujumchisi Seru Girassini xarid qilishni xohlamoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 29 yoshli forvardni yozgi transfer oynasida jamoa uchun ustuvor maqsad deb biladi.
Ma’lum qilinishicha, Girassi bilan tuzilgan shartnomada 70 million evro miqdoridagi tovon puli ko‘zda tutilgan, biroq bu faqat ayrim klublarga tegishli: "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal".
Futbolchi esa transfer talab qilayotgani yo‘q va "Borussiya"da qolishga qarshi emas, chunki u bu klubga o‘tgan yozda "Shtutgart"dan kelib qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda Girassi barcha musobaqalarda 44 o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Bundan tashqari hujumchi 13 ta gol bilan Chempionlar ligasi to‘purarligini Rafinya bilan bo‘lishib turibdi.
Fikrlar