
Prevyu. "Paxtakor" - "Axal"
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turida "sherlar" Turkmanistonning "Axal" jamoasi bilan "Bunyodkor" stadionida maydonga tushadi.
Hozirga qadar jamoamiz ushbu klub bilan to‘qnash kelmagan. Turkman klublari bilan esa 2003 yildan beri rasmiy o‘yinlar o‘tkazilmagan. 20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" yana qo‘shni Turkmaniston jamoasi bilan o‘ynaydi.
"Axal" 1989 yil tashkil etilgan. Musobaqada 2022 yilgi Turkmaniston chempioni sifatida ishtirok etmoqda. Hozirgacha bu jamoa bitta chempionlikdan tashqari 4 marta Turkmaniston Kubogi va 1 bor Turkmaniston Superkubogida zafar quchgan. Chempionlar Ligasida "Axal" debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Ayni paytda jamoa o‘z chempionatida 14 o‘yinda 16 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasida dastlab o‘z maydonida "Fayha"dan 1:0 hisobida usutn kelib, keyin safarda "Al Ayn"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa sardori Elman Tagaev har ikki bahsda bittadan gol urishga erishdi.
Jamoalar tarkibida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.
"Paxtakor" va "Axal" o‘rtasidagi bellashuv 24 oktyabr, seshanba kuni soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Manba "Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar