
Premer-liga. Mavsumning eng yaxshi futbolchisi ma’lum
"Shaharliklar" so‘nggi turda "Vest Xem"ni mag‘lub etishsa, APL chempionligini qo‘lga kiritishadi, Angliya terma jamoasi a’zosi Foden esa allaqachon individual sovrinni qo‘lga kiritdi. U Premer-ligada yilning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
"Ushbu mukofotni qo‘lga kiritish men uchun juda faxrlanadigan yutuq. Premer-liga dunyodagi eng buyuk liga sifatida e’tirof etilgan va o‘z klublari uchun maxsus mavsumlarni o‘tkazgan boshqa ko‘plab ajoyib o‘yinchilar bilan nomzod bo‘lishdan mamnunman", - , - dedi Foden.
Foden bu mukofot uchun Erling Xoland, Aleksandr Isak, Martin Edegor, Deklan Rays, Virjil van Deyk, Olli Uotkins va Koul Palmer bilan raqobatlashdi.
Bu ketma-ket beshinchi mavsumdirki, "Man Siti" futbolchisi Premer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritmoqda. Kevin De Bryuyne 2019/20 va 2021/22 mavsumlarida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2020/21 va 2022/23 yilgi mavsumlarda Ruben Dias va Erling Xoland bu mukofotga ega chiqishgan.
Fikrlar